YASHILKOʻL

YASHILKOʻL — Tojikistonning Togʻli Badaxshon muxtor viloyatidagi koʻl. Panj daryosi havzasida, Shim. Alichur va Janubiy Alichur tizmalari orasida. Gʻunt (Alichur) daryosida, 3734 m balandlikda joylashgan. Uz. 24,2 km, eng keng joyi 3,7 km, mayd. 35,6 km2. Oʻrtacha chuq. 12,5 m, eng chuqur joyi 50,2 m. Koʻlga 7 ta soy quyiladi. Ulardan eng yiriklari: SuuluTagarkati, Katta Bakchigir (jan. sohilida), Katta Marjanoy va Kichik Marjanoy (shim. sohilida). Yashilkoʻl togʻ qulab tushishi va Panj daryosining oʻng irmogʻi Gʻunt daryosi oʻzanining toʻsilib qolishi natijasida hosil boʻlgan. Asosan, qormuzlik suvlaridan toʻyinadi. Suvi tiniq va chuchuk. Suv sathi apr. — avg. oylarida koʻtariladi. Sent. dan apr. gacha bir tekisda pasayadi. Noyabr oxiridan may oxirigacha muzlab yotadi. Koʻl suvi yozda 10—13° gacha isiydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x