YaʼQUB ibn LAYS

YaʼQUB ibn LAYS as-Saffor (? 879) — Safforiylar sulolasi va davlati asoschisi. Seyistondagi Karnin qishlogʻida tugʻilgan. Yoshligida Zaranj shahriga kelib, misgarga shogird tushgan (saffor laqabi shundan, Gardizishsht yozishicha, Yaʼqub ibn lays ibn L. dastlab miskar, soʻng ukasi Amir ibn Lays bilan yoʻl toʻsar qaroqchi boʻlgan. Keyinchalik Bust shahrining sarhangi, xaylboshi (harbiy otryad boshligʻi), nihoyat — Seyiston amiri boʻlgan (861 yil 22 mart). Xorijiylarta qarshi kurashda faol qatnashgan. Yaʼqub ibn lays ibn L. Xurosonga egalik qilish uchun tohiriylar bilan kurash olib borgan. Hirot va Bushang (867), Kermon va Fors viloyatini (869), Kobul va Bomiyon (870) ni bosib oladi. 871-yil xalifaunga Toxaristondagi Balxni inʼom etadi. 873-yil avg. da Nishopurni egallab Tohiriylar davlatiga barham bergan. Arab xalifasi Xuroson noibligini unga topshirishga majbur boʻlgan. 876-yil Yaʼqub ibn lays ibn L. katta qoʻshin bilan Bagʻdodga yurish qilgan, biroq xalifa qoʻshinidan yengilib orqaga qaytgan. Uning vafotidan soʻng taxtga ukasi Amr ibn Lays oʻtirgan.

Ad.:Bartold V. V., Sochineniya, t. 7, M., 1971.

Mahfuza Atmova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x