Yaroslav Hashek (1883–1923)

Mashhur chex yozuvchisi Yaroslav Hashek 1883 yili Pragada tugʻilgan. Uning ijodida ijtimoiy satira asosiy oʻrinni egallaydi. U oʻzidan 1500 dan ortiq hikoya, felyeton va boshqa asarlarni qoldirgan.

«Qotil sud oldida» (1907), «Shaxtadagi falokat» (1908) hajviy asarlari mashhur.

Birinchi jahon urushi arafasida «Shovvoz askar Shveyk va boshqa ajoyib voqealar» (1911) hikoyalar toʻplami unga katta shuhrat keltiradi. «Shovvoz askar Shveykning jahon urushidagi sarguzashtlari» hajviy-realistik romani (1921—23, asar tugallanmay qolgan) urushga va milliy zulmga qarshi yozilgan. Unda xalqning ogʻir turmushi yorqin obrazlarda aks ettirilgan. Bu asar koʻplab xorijiy tillarga, shuningdek «Shovvoz Shveykning boshidan kechirganlari» nomi bilan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1971).

Yaroslav Hashek 1923 yili Lipnitseda vafot etgan.

 

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/yaroslav-hashek-1883-1923/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x