YANGIQISHLOQ

YANGIQISHLOQJizzax viloyati Forish tumanidagi shaharcha (1978-yildan), tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Jizzax (67 km). Aholisi 8,4 ming kishi (2003). Shaharchada paxta tozalash z-di, MTP, avtokorxona, tikuvchilik f-kasi, qurilish tashkilotlari, kichik, oʻrta biznes, yirik korxona va mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, madaniyat saroyi, madaniyat uylari, «Chorvador» xalq dastasi, markaziy va bolalar kutubxonalari aholiga xizmat koʻrsatadi. Stadion, sport zallari va maydonchalari va boshqalar sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar va boshqalar tibbiy muassasalar bor. Ya. — Jizzax, Yangiqishloq — Forish, Yangiqishloq — Chimqoʻrgʻon va boshqalar yoʻnalishlarda avtobuslar qatnaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x