OTABOYEV Nosir Aminjonovich

OTABOYEV Nosir Aminjonovich (1938.12.8, Fargʻona) — rej., Oʻzbekiston (1983) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi (1999) sanʼat arbobi. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1965). Hamza teatrida rej. (1965—69), Fargʻona teatrida (1970—86), Satira teatrida (teatr tashkilotchilaridan; 1986—88), Muqimiy teatrida bosh rej. (1988—91; 1994—96), rej. (1996—2001). «Oq kabutar» (F. Musajonov), «Veronalik ikki yigit» (U. Shekspir), «Boʻron qushi» (R. Ishmurodov), «Mirzo Ulugʻbek» (M. Shayx-zoda) va b. O. sahnalashtirgan (Hamza teatrida) dastlabki spektakllardir. Fargʻona teatrida «Kumush tuy» (3. Fat-xullin; Ik. Akbarov), «Yaylov tongi» (Tamkin; S. Hayitboyev), «Oltin devor» (E. Vohidov), «Zavqiy» (Q. Mahkamov; S. Hayitboyev), «Tanbur nolasi» (M. Xalil; H. Rahimov), «Parvoz» (Uygʻun), «Bir oʻlikka bir tirik» (A. Ibrohi-mov), «Insonlikka nomzod» (Oʻ. Umar-bekov), «Oʻtgan kunlar» (A. Qodiriy); Muqimiy teatrida «Gul va Navroʻz» (S. Abdulla; T. Jalilov), «Mushkul savdo» (M. Boboyev; S. Hayitboyev), «Bashorat» (E. Samandar; S. Hayitboyev) singari spektakllar, bolalar uchun bir qancha musiqali ertaklarni sahnalashtirdi. Satira teatri u sahnalashtirgan «To-butdan tovush» (A. Qahhor) spektakli bilan ochilgan. Keyinroq «Temir xotin» (Sh. Boshbekov), «Sabil qoldi» (F. Musajonov), «Gap egasini topadi» (S. Ahmad, O. Farmon, N. Otaboyev) kabi satirik komediyalarni sahnallashtirdi. 1992-y. dan har yili respublikamizda oʻtkaziladigan Mustaqillik va Navroʻz bayramlari, shahar va shaxslar yubileylari, teatr va qoʻshiq festivallarini oʻtkazish tomoshalarini sahnallashtirishda katta hissa qoʻshib kelmokda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x