Yangidunyo.uz: Toshkent uchun kurash


Post Views:
226

Bolsheviklar partiyasi bosh bo‘lgan sovet hokimiyati Turkiston mustaqilligi uchun kurashgan vatanparvar kuchlar harakatini daf etishga muvaffaq bo‘lgach, endilikda bu hududda uzoqqa mo‘ljallangan o‘z makkorona rejalarini amalga oshirishga kirishdi… 1924 yil 27 oktyabr kuni O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi natijalariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatining katta qismi Qirg‘iz (Qozoq) ASSRga qolgan ozgina qismi (Toshkent va Toshkent uyezdi) O‘zbek SSRga o‘tdi.

stalin

SSSR MIQ Prezidium a’zosi Molotovning xotiralariga ko‘ra:

“O‘rta Osiyo respublikalarini tashkil qilish” va “va chegaralar” – hammasi Stalinning ishi”. “Keskin kurash bor edi” – “qozoqlar, masalan ularning yuqori tabaqalari, Toshkent uchun kurashgan, ular uni o‘zlariga poytaxt qilmoqchi bo‘lgan… Stalin hammasini yig‘ib olib, bu masalani muhokama qilgan, chegaralarga qarab: Toshkent – o‘zbeklarga, Verniy, Alma-Ata esa, qozoqlarga”, degan.

“Qozoqlar Toshkentning “eski shahari”da o‘zbeklarning ko‘pligini adolatli tarzda tan olgan holda, Toshkentning “Yangi shahar” ma’muriy qismiga davo qilishgan. Chunki, Toshkent Sirdaryo viloyatining asosiy shahri bo‘lgan”. O‘shanda Sirdaryo viloyati Qirg‘iz (Qozoq) ASSR tarkibiga berib yuborilayotgan edi. Qozoqlar, “Toshkent va u joylashgan mintaqa Qozoq dalasida katta ta’sirga egaligi”ni ham hisobga olishi so‘ralgan. Toshkentning asosiy aholisi o‘zbeklar bo‘lishiga qaramay, qozoqlar o‘zlari ozchilik bo‘lsa ham Toshkentga davo qilishgan. Hozir ham qozoqlar orasida Toshkent qozoqlarning shahri edi, degan gap-so‘zlar yuradi. 

Natijada 1930 yili O‘zbek SSRining poytaxti Samarqanddan Toshkentga ko‘chirilgan.

Aslida esa, O‘zbek-Qozoq bir xalq bo‘lib, bosqinchilar tarafidan uddaburonlik bilan bo‘lib yuborilgan.

O‘zbek-Qozoq do‘stligi qiyomatgacha davom etsin.

Abu Muslim

———-

Manbalar: 

Земля и вода сквозь призму геополитики: история возникновения конфликтных полей Центральной Азии

Феликс Чуев. Сто сорок бесед с Молотовым

Первая всеобщая перепись населения Российской Империи 1897 г. Распределение населения по родному языку и уездам Российской Империи кроме губерний Европейской России

1924 год. Резолюция 3-й сессии Киргизского ЦИК от 29-30 сентября по вопросу об объединении Туркестанских-киргизских районов с КССР

Всесоюзная перепись населения 1926 года.

Всесоюзная перепись населения 1939 года.

Всесоюзная перепись населения 1939 года. г. Ташкент

Manba

 

https://shosh.uz/uz/yangidunyo-uz-toshkent-uchun-kurash-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x