Ilm. Qarzdan qutulish duosi


Post Views:
16 020

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir qul ozod bo‘lish uchun shartlashilgan bahodagi mablag‘ni topolmay, Hazrati Ali roziyallohu anhudan yordam so‘radi. Shunda u zot: «Senga Rasululloh o‘rgatgan kalimalarni o‘rgataymi? Agar

اللهم اكفني بحلالك عن حرامك واغنني بفضلك عمن سواك.

«Alloohummakfiniy bihalaalika ‘an haroomika vag‘niniy bifazlika ‘amman sivaaka» duosini o‘qib yursang, qarzing tog‘ning bir taraficha bo‘lsa ham, xalos bo‘lasan», dedilar. 330/1. (Ma’nosi: Ey Rabbim, harom (aralashtirmay) haloling bilan menga kifoya et. Fazling ila o‘zingdan boshqalardan behojat qil.) Imom Termiziy rivoyatlari.

Abu Said roziyallohu anhu rivoyat qiladi. Bir kuni Payg‘ambar alayhissalom masjidga kirdi va u yerda ansorlardan Abu Umoma roziyallohu anhuga ko‘zlari tushdi:

– Ey Abu Umoma, nega namoz vaqtidan tashqarida ham masjidda o‘tiribsan? – deya so‘radilar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam.

– Menga azob berayotgan dardlar va qarzlarim sababli shu yerdaman, ey Allohning rasuli, – deb javob berdi Abu Umoma roziyallohu anhu.

– Senga bir duo o‘rgataymi? Uni o‘qisang, Alloh dardingga davo, qarzinga najot beradi, – deb marhamat qildilar Payg‘ambar alayhissalom.

– O‘rgating, yo Rasululloh! Payg‘ambar alayhissalom dedilar:

– Tongda va oqshomda shu duoni o‘qi:

اللهم اني اعوذبك من الهم و الحزن و اعوذبك من العجز والكسل و اعوذبك من الجبن و البخل و اعوذبك من غلبة الدين و قهر الرجال.

“Allohumma inni a’uzu bika minal hammi val hazani va a’uzi bika minal ajzi val kasali va a’uzu bika minal jubni val buhli va a’uzu bika min g‘alabatid dayni va qahrir rijol” (Yo Alloh, dard-alamdan, ojizlikdan, tanballikdan, qo‘rquvdan, baxillikdan, qarzim ko‘payishidan va odamlarning qahridan senga sig‘inaman”). Abu Umoma (roziyallohu anhu) aytadi: “Bu duoni o‘qib, ham dardimdan, ham qarzlarimdan qutuldim” (Abu Dovud rivoyati).

Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh صلي الله عليه وسلم bir kuni masjidga kirsalar, Abu Umoma degan ansoriy sahoba o‘tirgan edilar.

Rasululloh صلي الله عليه وسلم : «Ey Abu Umoma, namoz vaqtidan boshqa paytda masjidda o‘tirganing boisi nima?» deb so‘radilar.

«Ey Rasululloh, meni g‘am va qarz shu ahvolga solib qo‘ydi», dedilar. Shunda Nabiy صلي الله عليه وسلم «Senga bir duoni o‘rgataymi?

Ularni aytib yursang, Alloh g‘amingni ketkazib, qarzingdan xalos etadi.

Agar tong otsa va kech kirsa:

«Allohumma inniy a’uzu bika minal hammi val hazani va a’uzu bika minal ‘ajzi val kasali va a’uzu bika minal jubni val buxli va a’uzu bika min g‘olabatid dayni va qohrir rijal»ni ayt» (Allohim, Sening noming ila g‘am-tashvishdan, ojizlik va dangasalikdan, qo‘rqoqlik va baxillikdan, qarz ezib qo‘yishi va kishilarning qahridan panoh tilayman), deb buyurdilar.

Abu Umoma: «So‘ng Nabiy صلي الله عليه وسلم ning aytganlariga amal qildim. Alloh mening g‘am-g‘ussamni ketkazib, qarzdan xalos etdi», deb aytadilar».

Abu Dovud rivoyatlari.

Muhammad Shokir.

Ilhomjon Madaliyev, “Mo‘yi Muborak Ukkosha” jome’ masjidi imom xatibi tomonidan taqdim etilgan

https://shosh.uz/uz/ilm-qarzdan-qutulish-duosi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x