YALMOGʻIZ

YALMOGʻIZxalq ogʻzaki poetik ijodida keng tarqalgan mifologik obraz. Kelib chiqishi jihatidan ayollar saltanati (matriarxat) bilan bogʻliq mifologik tasavvurlarga borib taqaladi. Yalmogʻiz gʻayritabiiy magik kuchga ega boʻlgan, oʻta xunuk qari kampir sifatida tasvirlanadi. U ertak va dostonlarda epik qahramon sarguzashtlariga toʻsqinlik qiluvchi asosiy yovuz kuchlardan biri sanaladi. Yalmogʻiz hammavaqt qahramonni oʻldirmoqchi boʻladi. Ammo har gal yo oʻzi nobud boʻladi, yoki qahramonga boʻysunib, uning qiyin ishlariga koʻmaklashadi. Yalmogʻiz oʻz faoliyatida sehrjodudan, tilsimli buyumlardan foydalanadi. Jodugar, shum kampir, maston kabilar Yalmogʻizning xalq orasidagi variantlari hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x