YAKUBOVSKIY Aleksandr Yuryevich

YAKUBOVSKIY Aleksandr Yuryevich (1886.20.1, Sankt-Peterburg 1953.21.3, Leningrad) — sharqshunos. SSSR FA muxbir aʼzosi (1943), Tojikiston FA akad. (1951), Oʻzbekiston (1943), Tojikistonda (1946) xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Sankt-Peterburg u-ntining tarix-filol. (1913), Leningrad un-tining sharq f-tini (1924) tugatgan. 1925-yildan Moddiy madaniyat tarixi davlat akademiyasi (keyinchalik in-t)da, ayni paytda 1928-yildan Ermitajda ishlagan; soʻng Leningrad un-ti prof. (1935-yildan), sugʻdtojik arxeologik ekspeditsiyasining rahbari (1945-yildan). Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Oltin Oʻrda, Iroqning oʻrta asrlar tarixi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Oʻrta Osiyo xalqlarining moddiy madaniyati, tarixi, oʻzbeklar va tojiklar etnogenezi, Ibn Sino hayoti va uning davriga oid tadqiqotlar muallifi.

As: K voprosu ob etnogeneze uzbekskogo naroda, T., 1941; Oltin Oʻrda va uning qulashi [B. D. Grekov bilan hamkorlikda], T., 1956.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x