YAKOVLEV Aleksandr Sergeyevich

YAKOVLEV Aleksandr Sergeyevich (1906.19.3 Moskva 1989.22.8) rus aviakonstruktori, akad. (1976), muhandislik xizmati generalpolkovnigi (1946), 2-marta Mehnat Qahramoni (1940, 1957). Moskvadagi N. Ye. Jukovskiy nomidagi Harbiyhavo muhandislik akademiyasini tugatgan (1931). Harbiy zdda muhandis va shu zdda yengil aviatsiya konstruktorlik byurosini tashkil qilgan (1932), konstruktor (1935-yildan), Bosh konstruktor (1957-yildan). Aviamodelchilik, planyorchilik va sport aviatsiyasi asoschilaridan biri. Yakovlev harbiy, yoʻlovchi va oʻquvsport samolyotlarini loyihalash boʻyicha maktab yaratgan. Samolyot (YAK1, YAK9, YAK7 va boshqalar), vertolyotlar (mas, YAK24) yaratgan. Yakovlev rahbarligida 1945-yilda birinchi reaktiv qiruvchi samolyotlar YAK15, YAK 17 va YAK23 yaratildi. U yaratgan yoʻlovchilar reaktiv samolyotlari YAK40 va YAK42 mahalliy liniyalarda foydalanish uchun qulay. Uning sport samolyotlari YAK18 P, YAK18 PM va YAK 50 da jami 45 ta jahon rekordi oʻrnatilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x