KATOVITSE

KATOVITSE — Polshaning jan. qismidagi shahar. Katovitse voyevodaligining maʼmuriy markazi. Aholisi 345,9 ming kishi (1999). Shahar Yuqori Sileziya toshkoʻmir havzasida joylashgan. Katovitse atrofida toshkoʻmir konlari bor. T. y. tuguni. Muhim sanoat markazi. Qora va rangli metallurgiya (rux, qoʻrgʻoshin, rangli metall prokatlari i. ch.), mashinasozlik (kon, koʻtarma-transport, elektrotexnika mashinalari), kimyo (superfosfat va b. ximikatlar), chinni, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati rivojlangan. Un-t (1968-y. dan), Oliy iqtisodiyot maktabi, Badiiy akademiya bor.

Katovitse nomi tarixiy manbalarda 1598-y. dan uchraydi. 1742-y. dan Prussiya tarkibida. 1865-y. dan shahar huquqini olgan. Katovitse 1922-y. 20 yanv. da Millatlar Ittifoqi Kengashining qarori bilan Polshaga qaytarildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x