YADRO

YADRO — koʻpchilik bir hujayrali va hamma koʻp hujarayli organizmlar hujayralarining asosiy tarkibiy qismi. Yadroning boʻlishi yoki boʻlmasligiga binoan, organizmlar eukariotlar va prokariotlarp ajratiladi. Prokariotlar hujayrasida irsiy modda DNK sitoplazmadan chegaralanmagan, bir qancha organoidlar boʻlmaydi. Eukariotlar hujayrasida DNK saklovchi strukturalar — xromosomalar va mitoxondriyalar bor. Genlardagi irsiy axborot orqali Yadro hujayrada oqsil sintezi, morfologik va fiziologik jarayonlarni boshqaradi. Yadro bilan sitoplazma oʻrtasida uzluksiz moddalar almashinuvi sodir boʻlib turadi. Yadroni hayvon hujayralarida Ya. Purkinye (1825), oʻsimlik hujayralarida R. Broun (1831 — 33) kashf etishgan. Hujayralarda Yadro bitta yoki koʻp boʻlishi mumkin. Yadro sitoplazmadan 2 qavat membrana bilan ajralgan; tashqi membranasida ribosomalar joylashadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x