XYUSTON

XYUSTON — AQSHning jan. qismidagi shahar, Texas shtatida. Aholisi 1,95 mln. kishi (2000). AQSHning yirik neft va galla porti (yiliga 120 mln. t yuk ortibtushiriladi). Dengiz kemalari qatnaydigan kanal orqali Meksika qoʻltigʻi va Galveston avanporta bilan bogʻlangan. Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. AQSH jan. ning eng yirik sanoat markazlaridan. Neft, gaz, oltingugurt qazib olinadi va qayta ishlanadi (sintetik kauchuk, plastmassa, organik va neorganik ximikatlar, mineral oʻgʻitlar i. ch.). Qora metallurgiya rivojlangan. Neft va gaz sanoati uchun mashinalar, jihozlar va kuvurlar ishlab chiqariladi. Radioelektronika, kemasozlik, oziqovqat (jumladan, sholi oqlash), poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. universitetlar, Jonson nomidagi kosmosga uchish markazi bor. Shaharga 1836-y. da asos solingan. 1840-y. gacha «mustaqil» Texas Respublikasi poytaxti boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x