EKSPANSIVLIK

EKSPANSIVLIK (frans. birdan kuchayish, oʻzini tuta bilmaslik) — narsahodisalarga joʻshqin, tezkor javob qaytarishga yoki munosabat bildirishga shay, ehtirosli holat. Inson vujudida toʻlib toshgan ham biologik, ham psixologik quvvatning tashqi ifodasi. Ekspansivlik hissiyotiga beriluvchi odam hayajonlanib, hovliqib, yuragi takapuka boʻlib, eshitgan yoki koʻrgan hodisa gafsilotini shoshilinch tanishbilishlarga yoyishga oshiqadi. Ekspansivlik tuygʻusi oʻz tabiati bilan begʻarazlikdan kelib chiqadi. Bunday hissiyotli odamlar vujudiga, qalbiga gap, xabar yoki ovoza sigʻmaydi, ularning koʻnglida sir yotmaydi. Ekspansivlik negizida aksariyat hollarda boʻhton yotmasada, koʻpchilikda noxush taassurot qoldirishi mumkin. Ekspansivlikga odatlangan bola yoki talaba oʻqish jarayonida materialni bilsa ham, bilmasa ham qoʻl koʻtarib, tengdoshlari davrasida oʻzini koʻrsatishga harakat qiladi. Kishilarning sport maydonlari, tomosha zallaridagi qiyqirishlari, ishqivozlik luqmalari Ekspansivlik ifodasidir. Ekspansivlik turli yoshda, turli jinslar oʻrtasida turlicha namoyon boʻladi. Xotirjamlik bilan Ekspansivlikning uygʻunlashishi ijobiy emotsional holatni vujudga keltiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x