Xurshid Davron 

Tarjimai hol

Iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davron 1952 yil 20 yanvar kuni Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi Chordara qishlog‘ida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.

O‘rta maktabni tugatgach, 1969 yili Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetining kechki bo‘limiga kirib, kunduzi Toshkent qurilishlarida ishlaydi.

1971 — 1973 yillar davomida harbiy xizmatni o‘tab qaytgach, o‘qishni davom ettiradi. 1974 yildan 1992 yilgacha turli nashriyotlarda ishlaydi.

Xurshid Davron she’riy tarjima bilan ham shug‘ullanib keladi.

Hozirgi kunda shoir tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band.

Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Unga «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berilgan.

Xurshid Davronning ilk she’rlari 1976-1977 yillardan boshlab tuman va viloyat gazetalarida bosilgan. Katta adabiyotga kirib kelishi 1976 yili «Guliston» jurnalida ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan.

1976-1978 yillar davomida uning bir qator she’rlari chop etiladi. 1979 yili birinchi va ikkinchi kitoblari:

«Qadrdon quyosh»,

«Shahardagi olma daraxti» bosilib chiqadi. Shundan so‘ng shoirning quyidagi kitoblari nashr etiladi:

«Tungi bog‘lar» (1981),

 «Uchib boraman qushlar bilan» (1983),

«To‘marisning ko‘zlari» (1984),

«Bolalikning ovozi» (1986),

 «Qaqnus» (1987),

 «Samarqand xayoli» (1991). So‘nggi to‘plam o‘zbek xalqi tarixiga oid ko‘rkam qissalardan iborat.

Uning istiqlolimizni ardoqlovchi yangi she’rlar kitobi «Bahordan bir kun oldin» nomi bilan nashr etildi.

Bundan tashqari, Xurshid Davron

«Sohibqiron nabirasi» (1995), «Shahidlar shohi» (1997) kabi tarixiy qissalar ham yozgan. Dramaturg sifatida

 «Mirzo Ulug‘bek»,

«Bobur shoh»,

«Avrangzeb» kabi tarixiy mavzudagi dramalarini yaratgan

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x