MASHINA

MASHINA (lot. machina — qurol, qurilma) — bir turdagi harakat energiyasini ikkinchi turdagi harakat energiyasiga aylantirish, materiallar yoki axborotlarni oʻzgartirish, aloqa oʻrnatish, yuk va odamlarni tashish uchun moʻljallangan mexanizm yoki mexanizmlar majmui. Jamiyatdagi i. ch. kuchlarining eng muhim tarkibiy qismi, yirik mashinali i. ch. ning moddiy negizi, aloqa va transportning asosiy vositasi hisoblanadi. Mashina — fantexnika inqilobining asosi. Mashina ayni paytda ham mehnat quroli, ham mehnat mahsuloti hisoblanadi. Inson kadimdan oʻz mehnatini yengillashtirish uchun turli-tuman qurol va qurilmalarni yaratishga urinib kelgan. Mola, omoch, charxpalak, urchuq, charh, dug, toʻquvchilik dastgohlari (doʻkonlari), choʻt, palaxmon, piltatoʻp, shamol tegirmoni va b. vositalar Mashina yaratish borasidagi urinishlar edi. Shuning uchun ilgari Mashina inson mehnatini osonlashtiradigan mexanik tizim deb tushunilgan. Bora-bora u insonning aqliy mehnatini va fiziologik vazifasini ham bajaradigan murakkab tizimga aylandi.

Mashinadan foydalanish mehnatning maz-muni va tarzini oʻzgartirish, xalq xujaligining barcha tarmoqlarida mehnatning darajasini bir-biriga yaqinlashtirish va rivojlantirish, ish unumdorligini oshirish va shu asosda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish, mehnatni mashaqqatli va zerikarli gomushdan ishtiyoq bilan bajariladigan ehtiyojga aylantirishning asosi hisoblanadi.

Mashina umuman ijro mexanizmi (ish Mashinasi), qarakatlantirish mexanizmi, uzatish va nazorat-boshqarish qismlaridan iborat buladi. Mas, tikuv Mashina sining ijro mexanizmi uning ninasi, paxta terish Mashina siniki — shpindellari va h. k., velosipedning harakatlantiruvchi qismi uning pedali, yulduzcha va zanjirlari, avtomobilning nazorat-boshqarish qismi rullari va turli asboblari (tezlikni, bosimni va b. ni kursatadigan asboblar) dir. Mashinaning energetik, ish va ax-borot (informatsiya) xillari bor. Energetik Mashina istalgan turdagi energiyani mexanik energiyaga aylantirish uchun muljallangan (suv, shamol, bugʻ va elektr dvigatellar, gaz turbinalari, elektr generatorlari va b.). Ish M. lari materiallarning holatini, xossalari va fazodagi vaziyatini uzgartirish uchun muljallanadi. Bunday Mashinalar texnologik va transport M. lariga bulinadi. Texnologik Mashina metallga ishlov berish (kesish, yunish, qirqish, sillikdash va h. k.) va yogʻochni qayta ishlash, toʻqimachilik, q. h., qurilish, matbaa va b. da bajariladigan yumushlarni oʻz ichiga oladi. Transport Mashinasi avtomobil yoʻllari, t. y., havo transporta, avtomobillar, aviatsiya, koʻtarish kranlari, teplovozlar, kemalar va b. vositalarni oʻz ichiga oladi. Energiyani bir turdan ikkinchi turga oʻzgartirish, materiallarga ishlov berish va h. k. ni inson ishtirokisiz bajarishda avtomat mashinalar, avtomat liniyalar va avtomatlashtirilgan korxonalar qoʻl keladi.

Axborot M. si (informatsiyey Mashina) maʼlumotlarni qayta ishlab uzgartirish, yaʼni mashina tilita oʻtkazish va standartlashtirish, uzatish, dasturlar tuzish va b. yumushlarni oʻz ichiga oladi (q. Kibernetika). Buning uchun Mashinalar majmui, avtomatik, informatsion va kibernetik jihozlardan foydalaniladi (yana q. Mashinasozlik, Mashinashunoslik, Mashina va mexanizmlar nazariyasi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x