XURMOYI

XURMOYI — oʻrtapishar jaydari oʻrik navi. Bovdorchilik, uzumchilik va vinochilik i. t. intining Samarkand filialida Xurmoyi navi klonidan ajratib olingan. Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Daraxti katta, 100-y. gacha yashaydi, shoxshabbalarining qalinligi oʻrtacha, bal. 7 —7,5 m, kengligi 8 —8,5 m. Chetdan changlanadi, iyun — iyulda pishadi. Mevasi keng tuxumsimon, zargʻaldoq, xushboʻi, shirali. Tarkibida qand miqdori 14 —16%, nordonligi 0,3%. Danagi etidan oson ajraladi. Koʻchati oʻtqazilgach, 4—5 y. da hosilga kiradi. Tupidan 200 kg gacha hosil olinadi. Mevasi yangiligida yeyiladi, konserva qilinadi va qoqi solinadi. 1959-y. dan Davlat reyestriga kiritilgan. Toshkent, Andijon, Fargʻona, Namangan, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida rnlashtirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x