XORAZMIYLAR

XORAZMIYLAR, xorasmiylar — Kdd. Xorazmda yashab, xorazmiy tilida soʻzlashgan xalq. Taxminlarga kura, X. Hilmand vodiysi (Hirot atrofida)dan Amudaryoning quyi oqimidagi yerlarga mil. av. 1-ming yillik oʻrtalarida koʻchib kelganlar va mahalliy massaget qabilalari bilan aralashib, ularga oʻz nomlarini berganlar. X. ilk bor Bщistun kitobalari, shuningdek, Gerodot, Gekatey Miletlik asarlarida qayd etilgan. Jumladan, Gerodotning yozishicha, X. Amudaryo deltasi (Orol dengizi boʻyida) va hoz. Xiva vohasi jan. da yashaganlar. Mil. av. 6—5-a. lar boʻsagʻasida «Xorasmiya shaxri» va X. mamlakati haqida miletlik Gekatey xabar beradi. Misrdagi Nil daryosi boʻyidagi mil. av. 5-a. ga oid shahar xarobalaridan topilgan bir xujjatda Xarchin ugli Dargman ismli bir xorasmiy sarkardasi tilga olingan, u axomaniylar qoʻshinining bosh qoʻmondoni boʻlgan.

X. uzlarining jangovarliklari bilan ajralib turganlar. X. Xorazmdan tashqarida, hatto Xazar xoqonligi qoʻshinida ham katta mavqega ega edilar, xoqonlik qoʻshini, asosan, Xorazmiylardan tashkil topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x