XONTANGRI

XONTANGRI — Markaziy Tyanыpan togʻlaridagi choʻqki. Qirgʻiziston hududining eng sharqiy chekkasida, bal. 6995 m. Piramida shaklida. Paleozoy yoshidagi marmar va marmarlashgan ohaktoshdan tashkil topgan. Choʻqqini 1857-y. da P. P. SemyonovTyanshanskiy X. deb atagan; ungacha qirgʻizcha Qantoo, yaʼni Xontogʻ deb atalar edi. Ilk oʻrta asrdan maʼlum boʻlgan hakiqiy Xontangri choʻqqisi jan. roqda Qaqshal tizmasida boʻlib, Gʻalaba choʻqqisi deb ataladi (7439 m). Xontangri ga. T. Pogrebeskiy 1931-y. 1 sent. da birinchi marta chiqqan. Yon bagʻirlari tik va qor bilan qoplanganligi sababli qor koʻchkilari boʻlib turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x