Xoja Ro‘shnoyi (Xoja Chirog‘bardor)


Post Views:
30

XOJA RO‘SHNOYI (laqabi Xoja Chirog‘bardor) – tasavvuf vakillaridan (11-asr). Xoja Ro‘shnoyi nomi bilan bog‘liq qadamjolar O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Masalan, Termizdagi 11-asr me’moriy yodgorligi Xoja Ro‘shnoyi maqbarasi nomi bilan yuritiladi. Toshkentda Xoja Ro‘shnoyi mahallasida Xoja Ro‘shnoyiota mozori bo‘lgan. «Tarixi jadidayi Toshkand»ga ko‘ra, Xoja Ro‘shnoyi qabri Xoja Dovud maqbarasidan 150 qadam g‘arbda, qabriston o‘rtasida, Katta ko‘cha (hozirgi Navoiy ko‘chasi)ga tutash bo‘lgan. Shahar aholisining biror bir murod-maqsadi bo‘lsa, juma kuni kechasi uning maqbarasi boshida bir sham yoqib, tilovat qilib, uning savobini ul zotning ruh poklariga bag‘ishlaganlar.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/xoja-ro-shnoyi-xoja-chirog-bardor/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x