XOʻJASH MAHRAM MADRASASI

XOʻJASH MAHRAM MADRASASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1839); Ichan qalʼa hududidagi Pahlavon Mahmud maqbarasi yonida. Madrasa toʻrtburchak tarxli (21 x 19,5 m), bir qavatli. Bosh tarzi peshtokdi (bal. 7,5 m), gumbaz tomli, ikki yonida hovli atrofi boʻylab hujralar joylashgan, ikki burchagida guldastalar bor. Hovli (11,8×11,8 m) ning shim. sharqiy burchagidagi darsxona (3,8×3,8 m) tashqariga bir oz turtib chiqqan. Peshtoq ortidagi ikki qavatli, gumbazli miyonsaroy orqali hovliga oʻtiladi. Bino tarzlari gʻishtdan, faqat bosh tarzi, peshtogʻi va minora — guldastalar, «dandana»li hoshiyalar sirli koshinlar bilan bezatilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x