XLOROFILL

XLOROFILL (yun. chloros — yashil va phyllon — barg) — oʻsimliklarning yashil pigmenti, yuksak oʻsimliklarning xloroplastlarppya, tuban oʻsimliklar (suvoʻtlar)ning xromatoforalarida joylashadi. Kimyoviy tarkibi — gemoglobinga yakin turadi. Xlorofillning biologik xususiyati yorugʻlik energiyasini oʻzlashtirish va uni organik moddalarning kimyoviy energiyasiga aylantirishdan iborat. Xlorofillni birinchi marta fransuz olimlari P. Pelte va J. Kavantu yashil rang sifatida oʻsimlik bargidan ajratishgan (1818). Rus olimi M. S. Svet bir-biriga oʻxshash ikkita yashil pigment X. «o» va X. «v»ni kashf etgan (1910). Xlorofillni 1960-y. amerikalik kimyogar R. B. Vudvord xodimlari bilan toʻla sintez qilib oldi. Xlorofillning miqsori oʻsimliklar turiga, bargning joylashishiga va b. sharoitlarga bogʻliq. X. yetishmasa oʻsimliklar oʻsishi susayib, barglari sargʻayadi. Bu esa oʻsimliklarda xloroz kasalligini qoʻzgʻatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x