FARER OROLLARI

FARER OROLLARI — Atlantika okeanining shim. sharqiy qismidagi arxipelag, Daniyanmng muxtor viloyati. Mayd. 1,4 ming km2. Orollarning relyefi zinapoyasimon platodan iborat. Eng baland joyi 882 m. Bazalt lavalari va tuflardan tuzilgan. Qirgʻoqlari tik, fyord koʻp. Iklimi subarktika dengiz iklimi, oʻrtacha t-ra fev. da 4°, iyulda 11°. Yillik yogʻin 1500 mm. Oʻtloklar, torfli botqokliklar, vereskzorlar bor. Parranda koʻp. Baliq ovlanadi. Qoʻy boqiladi. Maʼmuriy markazi — TorsXavn. Farer orollarida 7—9-a. larda kelt qabilalari yashagan. 9-a. dan norveglar koʻchib kela boshlagan. 2-jahon urushiga qadar turli davlatlar tarkibida boʻlib kelgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x