XETAGUROV

XETAGUROV Kosta (taxallusi, asl ismsharifi Konstantin Levanovich Xetagurov) [1859.3(15).1O, hoz. Shim. Osetiya Alagir tumani Nor qishlogʻi — 1906.19.3(1.4), QorachoyCherkas viloyati Kosta Xetagurov qdshloga; Vladikavkazda dafn etilgan] — osetin shoiri va jamoat arbobi. Osetin adabiyotining asoschisi. Peterburg BAdaoʻqigan (1881 — 85). 1891-y. hukumat qarorlariga qarshi publitsistik maqolalari uchun 5 yilga Tver viloyatiga surgun qilingan. 1893-y. fev. dan «Severniy Kavkaz» («Shimoliy Kavkaz») gaz. da ishlab, chor hukumatining Kavkazdagi siyosatiga qarshi mafkuraviy kurash olib borganligi sababli 1899-y. da Xerson viloyatiga badargʻa etilgan. 1902-y. surgundan qaytgan. 1903-y. da ogʻir kasallikka chalinib, ijodiy va ijtimoiy faoliyat bilan shugʻullana olmagan. Xetagurovning adabiy merosi lirik sheʼrlar, masallar, romantik va xajviy dostonlar hamda sheʼriy rivoyatlardan iborat. Xetagurovning rus tilida yozgan sheʼrlari «Sheʼrlar» (Stavropol, 1895), osetin tilida yozganlari esa «Iron fandir» («Osetin sozi», 1899) toʻplamlarida eʼlon qilingan. X. sheʼriy ijodining markazida osetin xalqining tarixiy takdiri bilan bogʻliq masalalar yotadi («Fotima», 1889; «Sud oldida», 1893; «Yigʻloki qoya», 1894 dostonlari; «Kimdir» etnografik ocherki). Xetagurovga qadar ham osetin tilida sheʼrlar yozilganiga qaramay, u gʻoyaviybadiiy va lisoniy jihatdan yuksak asarlari bilan milliy adabiyotga tamal toshini qoʻydi. Vladikavkazda Xetagurovning uymuzeyi bor. As: Sobraniye sochineniy, t. 1—3, M., 1973.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x