FALASTIN OZODLIK TASHKILOTI

FALASTIN OZODLIK TASHKILOTI (FOT) — 1964-y. 28-mayda tuzilgan. Quddus sh. da va arab mamlakatlarida quvgʻinda boʻlgan barcha falastin arablarining vakolatlarini ifoda etgan tashkilot. Oliy organi — Falastin Milliy kengashi ijroiya qoʻmitasi. Tashkilot rahbarligiga Ahmad Shukeyri saylangan. FOT ijroiya qoʻmitasining keyingi raislari Yosir Arafot (1969—2004), Mahmud Abbos (2004-y. dan). FOTning asosiy maqsadi «demokratik va dunyoviy Falastin davlati»ni tuzishdir. 1974-y. okt. da arab davlatlari boshliklarining Rabot sh. (Marokash)dagi anjumanida «FOT — falastin arab xalqining yagona qonuniy vakili» degan qaror qabul qilingan. Tashkilotning asosiy maskani Livanda joylashgan boʻlib, 1982-y. Isroilning bu mamlakatga hujumidan soʻig qarorgohi Tunis sh. ga koʻchirildi. Hoz. esa Ramalloxda. FOT quvgʻindagi falastin arablarini azaliy yeriga qaytarish, ularning qonuniy xuquklarini tiklash, mustaqil Falastin davlatini tuzish borasida kurash olib bormokda.

Temur Gʻiyosov

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x