XAYRULLAYEV Muzaffar Muhitdinovich

XAYRULLAYEV Muzaffar Muhitdinovich (1931.17.11, Qoʻqon 2004.26.3, Toshkent) — faylasuf olim, Oʻzbekiston FA akad. (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991), falsafa fanlari dri (1966), prof. (1967). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1951). 195455-y. larda Samarqand va Toshkent oliy oʻquv yurtlarida oʻqituvchi. Oʻzbekiston FA Tarix intining katta ilmiy xodimi (1955—58), Oʻzbekiston FA Falsafa boʻlimi mudiri (1958 — 59). Oʻzbekiston FA Falsafa va huquq inti sektor mudiri, soʻng direktor oʻrinbosari (1959—61), direktori (1961—70; 1975—80). Ayni vaqtda ToshDUda (195557; 196265), ToshTIda (1957 —60) oʻqituvchi. Oʻzbekiston KP MKda boʻlim mudiri (1970—75). Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik inti direktori (1980 —87; 1993—2004). 1987 — 89 y. larda Oʻzbekiston FA falsafa, iqgisod va xuquq fanlari boʻlimining akad. kotibi, 1988—93 y. larda Oʻzbekiston FA Falsafa va huquq intida boʻlim mudiri. Asosiy ilmiy ishlari Urta Osiyo xalklari falsafiy tafakkuri tarixi, xususan, Forobiy dunyoqarashi, mantiq, etika, estetika, maʼnaviyat va madaniyat nazariyasi masalalariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1992). «Mexnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2003).

As: Forobiy va uning falsafiy risolalari, T., 1963; Mirovozreniye Farabi i yego znacheniye v istorii filosofii, T., 1967; Uygʻonish davri va Sharq mutafakkiri, T., 1971; Madaniyat va meros, T., 1975 (hammualliflikda); Farabi. Epoxa i ucheniye, T., 1975; Abu Nasr alFarabi, M., 1982; Mantiq, T., 1993 (hammuallifliqda); oʻrta Osiyoda ilk Uygonish davri madaniyati, T., 1994.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x