XALILOV

XALILOV Nabijon (1922.6.1, Qoʻqon — 2002.7.7, Toshkent) — dirijyor, kompozitor. Oʻzbekiston xalq artisti (1989). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1956). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941—45). Hamza teatrida musiqa boʻlimi boshligʻi (1952—56), Oʻzbek davlat filarmoniyasida simfonik orkestr dirijyori (1957—64), «Uzbekistan» ashula va raqs ansamblining badiiy rahbari (196568), 1968-y. dan Muqimiy teatrida bosh dirijyor sifatida oʻnlab spektakllarni saxnalashtirgan. Ayni paytda, Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intida oʻqituvchi (1968-y. dan), prof. (1989-y. dan), kafedra mudiri (1970—91). «Baxt toʻyi» (Yo. Mirzo), A. Muhamedov bilan hamkorliqsa «Olifta» (F. Musajonov), «Dilafruzga toʻrt oshiq» (T. Minnulin), «Sexrli uzuk» (S. Qoriyev), «Toshkentga sayohat» (B. Darvesh) kabi musikali drama va komediyalar musikasini, shuningdek, «Jon Oʻzbekiston» vokalraqs syuitasi, «Nido» yukalsimfonik poemasi, «Toshkent gullari», «Sevgilimbahorim» va b. qoʻshiqlarni yozgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x