XATNA

XATNA (arab.) — asosan, oʻgʻil bola olatining chekka kertmagini kesish marosimi. Dastlab ibtidoiy jamoa tuzumida paydo boʻlgan, oʻspirin bolaning kattalar safidan oʻrin olishi, balogʻatga yetishi munosabati bilan bajarilgan. Bunda har xil jismoniy sinovlar (och qoldirish, terini tilish, quloq suprasini yirtish, tishni sindirish, tishni egovlash va sh. k.)ga duchor etilgan. Shunday odatlar Avstraliya, Okeaniya, Afrikada yashovchi ayrim xalqlarda saqlanib qolgan. Baʼzi joylarda qizlarni ham X. qilish (klitorni yoki kichik jinsiy lablarni olib tashlash) kabi odatlar mavjud. Bir qancha hollarda, jumladan, yahudiy, musulmonlarda diniy marosim shaklini olgan. Musulmonlarda bolalar 3—5—7 yoshda, ayrim hollarda 11—12 yoshgacha X. qilinadi. X. marosimlari oʻzbeklar va bir qancha xalqlarda toʻy shaklida oʻtkaziladi. Ilmiy tibbiyotda olat kasallanganda va tugʻma nuqsonlari boʻlganda (parafimoz, fimoz va b.) ham shunday operatsiya oʻtkaziladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x