XARKOV

XARKOV — Ukrainaning Xarkov viloyatidagi shahar, viloyatning maʼmuriy va iqtisodiy markazi. Yirik transport yoʻllari chorrahasi. Aholisi 1470,9 ming kishi (2001).

Shahar 1655—56 y. larda qalʼa sifatida bunyod etildi. 1919—34 y. larda USSRning poytaxti boʻlib turdi. X. mashinasozlik boʻyicha Ukrainada yetakchi oʻrinda (respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotning 1/5 qismini beradi). Xarkovda energetika mashinasozligi, shu jumladan, elektrotexnika sanoati («Turboatom», «Elektrotyajmash», «Ukrelektromash» va boshqa i. ch. birlashmalari; elektromexanika, «Yujkabel» va b. zavodlar), traktor mashinasozligi («Xarkovskiy traktornыy zavod» va b.), q. x. va transport mashinasozligi (motor yigʻish, «Serp va molot» i. ch. birlashmalari; aviatsiya sanoati va b.), stanok va priborsozlik; radioelektronika sanoati va b. ; kimyo va kimyofarmatsevtika, oziq-ovqat, yengil (toʻqimachilik, poyabzal, koʻnteri, moʻynachilik va b.) sanoatlari rivojlangan. Metropoliten (1975-y. dan), 21 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, 3 universitet), 6 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), tarixiy, badiiy, tabiat muzeylari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Pokrovskiy (17-a.), Uspeniye (18-a.) soborlari; Yekaterina saroyi (18-a.), proviant omborlari (18-a.) saklangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x