XARABALGʻAS

XARABALGʻAS, Qorabolgʻasun — Uygʻur xoqonligi poytaxti — Oʻrdubaliq sh. xarobasi (8—9-a. lar). 840-y. Yenisey qirgʻizlari tomonidan bosib olinib vayron qilingan. Urxun daryosining soʻl soxilida Erdenidzu monastiri (Moʻgʻuliston)dan 15 km shim. da joylashgan. Xarabalgʻasning markaziy qismi koʻtarma tuproq bilan oʻrab olinib, qalʼa va arkdan jan. gʻarbda boʻlgan. Istehkomlar va xom gʻishtdan qurilgan devorlarning sakdanib qolgan bal. 10 — 12 m, qoʻriqchi minora (donjon) qalʼa oʻrtasida joylashib, uning bal. 14 m ni tashkil etgan. Shahar qatʼiy reja asosida qurilgan. Xarabalgʻas hududida 8—9-a. larga oid uygʻur sopol idishlari topilgan. Qalʼadan jan. da ibodatxonalar majmui va unga sharq tomondan yondoshgan turar joy mavzesi anikdangan. Aftidan bu mavze uygʻur xoqoni bilan bogʻliq boʻlib, u yerdan topilgan granit stela (ustun) sirtida ajdarho tasviri va 9-a. dagi uygʻur xoqonlaridan birining shaʼniga atab uygʻur, xitoy va sugʻd tillarida bitilgan yozuvlar aks etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x