PASTEL

PASTEL (frans. pastel — xamir) — rasm ishlashda foydalaniladigan gʻilofsiz yumshoq, rangli maxsus qalam; P. bilan rasm chizish usuli; shuningdek, shu usulda ishlangan sanʼat asari. Gʻa-dir-budur qogʻoz, karton, gruntlangan mato, teri, pergamentga chiziladi, boʻyoq qatlami purkagich bilan fiksativ sepib mustahkamlanadi. Shtrixlardan keng foydalanish Pastelni fafikaga yaqinlashtiradi. Taxm. 15-a. ning 2yarmida yuzaga kelgan, 17-a. dan tasviriy anʼanalari kuchaydi. Nafis va jozibali usuli, mayin bezagi rassomlarni oʻziga jalb qiladi. J. Fuke, J. Sharden, E. Delakrua, E. Mane va b. asarlari mashhur. Oʻzbekistonlik rassomlardan R. Ahmedov, J. Umarbekov, B. Jalilov va b. P. da samarali ijod kiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x