BOSHQIRDMISHAR QOʻSHINI

BOSHQIRDMISHAR QOʻSHINIOrenburg chegara chizigʻini harbiy jihatdan taʼmin etish maqsadida Rossiya hukumatining 1798-y. da Orenburg, Samara va Vyatka gubernyalarida kazak qoʻshinlariga oʻxshab tuzgan nomuntazam qoʻshini. Alohida Orenburg korpusi komandiriga boʻysungan. Qoʻshin hududi oʻz-oʻzini boshqarish huquqiga ega boʻlgan 12 kantonga boʻlingan. Dastlab Boshqirdmishar qoʻshini 5—5,5 ming kishilik qoʻshindan iborat boʻlgan. 1812-y. dagi FransiyaRossiya urushida va 1813—14 y. lardagi xorijiy yurishlarda (20 polk), 1828—29 y. lardagi rusturk urushida (2 polk), 1839-y. gi Xiva yurishida hamda 1853—56 y. lardagi Qrim urushida (2 polk) qatnashgan. 1865-y. tugatilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x