AFGʻON SHAMOLI

AFGʻON SHAMOLI — Oʻzbekistonning jandagi hududlar (Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari)ga bostirib kiruvchi, jan.-gʻarbiy yoʻnalishidagi issiq, kuruq shamol. Juda koʻp chang-toʻzon koʻtarib esadi. Bu shamol jan.-gʻarbiy yoʻnalishda, Afgʻoniston tomondan esgani uchun mahalliy xalq uni «Afgʻon shamoli» deb ataydi. Amudaryo havzasining yuqori qismida kuzatiladi. Afgʻon shamoli bir tomondan, jan.-gʻarbdan siljib keladigan va Hisor togʻ tizmasi oraligʻida siqilib harakatlanadigan iliq havo massasining, ikkinchi tomondan esa, shim.-gʻarbdan keladigan sovuq havo frontining aerodinamik tezlashuvi oqibatida paydo boʻladi. Yiliga 3070 kun esadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x