GEOKIMYOVIY JARAYONLAR

GEOKIMYOVIY JARAYONLAR — togʻ jinslari, minerallar, shuningdek ularni hosil qilgan eritma va qorishmalarning kimyoviy tarkibini oʻzgarish jarayonlari. Geokimyoviy jarayonlar natijasida kimyoviy elementlar migratsiyasi (baʼzilarining yoʻqolishi, boshqalarining kelib qolishi va konsentratsiyalanishi), ularning valentlik nisbatini oʻzgarishi sodir boʻladi. Geokimyoviy jarayonlar litosfera, gidrosfera va atmosferaning pastki qatlamlarida yaxshi oʻrganilgan. Yerning yuqori mantiya sida buladigan Geokimyoviy jarayonlar toʻgʻrisida maʼlumotlar juda kam. Yerning quyi mantiya va yadrosidagi Geokimyoviy jarayonlar toʻgʻrisida faqat gipotezalar maʼlum. Geokimyoviy jarayonlar geologik tarix oldi, endogen, ekzogen va metamorfogen xillariga boʻlinadi. Geologik tarix oldi Geokimyoviy jarayonlar Yerning hosil boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgan jarayonlarni qamrab olgan. Endogen Geokimyoviy jarayonlar magmaning Yer yuqori mantiyasidan kelib chiqishi, gazeizlanishi va turli kismlarga ajralishi bilan boshlanadi. Magmaning differeniiyasi natijasida undan turli tarkib va tuzilishli minerallar hosil boʻladi. Asosli va oʻta asosli magma soviganda undan birinchi navbatda temir, magniy, kalsiy, xrom, titan, platina va platina guruxining elementlari qattiq fazaga oʻtadi. Soʻngra oʻta asosli va asosli togʻ jinslari va ular bilan birgalikda magnetit, xromit va b. rudali minerallar hosil boʻladi.

Ekzogen Geokimyoviy jarayonlar Yerning yuza qismida kislorod ishtirokida sodir boʻladi va togʻ jinslari va ulardagi minerallarning nurashini hammaturlari (parchalanish, gidrotatsiyalanish, karbonatlanish va b.) ni oʻz ichiga oladi. Ekzogen Geokimyoviy jarayonlar 10 xilga: tub gipergenez, pedogenez, singenez, diagenez, katagenez, galogenez, gidrogenez, mexanogenez, biogenez va texnogenezga boʻlinadi. Baʼzi elementlarning hosil bulishi uchun alohida Geokimyoviy jarayonlar boʻlishi shart. Mas, galogenez jarayoni — kaliy, natriy, magniy, xlor sulfata; biogenez — uglerod, azot, fosfor, yod, brom, oltingugurtning paydo bulishida muhim rol uynaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x