VOJIB

VOJIB (arab. — majburiyat, burch) islom shariati tushunchasi. Musulmonlar Alloh va Muhammad (as) amrlarigina emas, yakka hukmdor (xalifa, podsho, amir, xon) lar farmoyishini ham bajarishi majburiy ekanligini anglatadi. Majburiylik nuqtayi nazaridan Vojib farzdan keyin, sunnat talablaridan oldin turadi. Islomda Vojibni inkor etish ogʻir gunoh hisoblansa-da, kofirlikka nisbat berilmaydi. «Podshohning amri vojib» degan tushuncha Qurʼonda bor. Sunniylikda Vojibga shariat tushunchalari boʻyicha farz bilan sunnat orasidan joy berish — hanafiya mazhabidagina eʼtirof etilgan. Boshqa uch mazhabda Vojib alohida tushuncha sifatida qabul qilinmagan. Ularda farzdan keyin bevosita sunnatga oʻrin berilgan. Vojibni esa ular farzga qoʻshib yuborishgan. Binobarin ular hanafiya mazhabidagi Vojiblarni farz hisoblaydilar. Mas., besh vaqt namoz, roʻza, zakot, hajni hanafiylar farz desa, ular farz ham, Vojib ham deb atayveradilar.

Abdulaziz Mansur.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x