BERLIOZ

BERLIOZ (Berlioz) Gektor Lui (1803.11.12, LaKotSentAndre — 1869.8.3, Parij) — fransuz kompozitori, dirijyor, musiqa tanqidchisi, romantik programmali simfoniya ijodchisi. Parij konservatoriyasida oʻqigan (1826—30). 5 qismli «Fantastik simfoniya»ni ijod etgan. «Sardanapal» kantatasi uchun Katta Rim mukofotiga sazovor boʻlgan. 30-y. iyul inqilobi qurbonlarining yodnomasi boʻlgan «Tantanali motam simfoniyasi» (1840), «Troyaliklar» dulogiya («Qoʻsh opera»)si mashhur (1855—59). 1856-y. dan Fransiya in-ti (Akademiya) aʼzosi. Bayron asari boʻyicha alt va orkestr uchun yozgan «Garold Italiyada» simfoniyasi (1834), katta simfonik orkestr bilan toʻrtta mis damli sozlar orkestri uchun «Rekviyem»i (1837), «Benvenuto Chellini» romantik operasi (1838), «Faustning qoralanishi» (Gyote asari asosida) dramatik afsona opera — oratoriyasi (1846), «Beatriche va Benedikt» operasi (Shekspir asari asosida, 1862) Berliozning xarakterli asarlaridandir. Berlioz ijodiy faoliyati b-n Yevropa musiqa sanʼati taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x