ALIMOV Rahmatulla Alimovich

ALIMOV Rahmatulla Alimovich (1902.25.11 – Toshkent — 1987.2.1) – injenergidrotexnik, Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1943), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigator (1950), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1972). Moskva suv xoʻjaligi injenerlari in-tini tugatgan (1930). Suv xoʻjalik qurilishi obyektlarida injener (1930—39), Oʻzbekiston SSR Yengil sanoat (1939 — 40) va Oʻzbekiston SSR suv xoʻjaligi (1941— 43) xalq komissari, «Farhod-qurilish» boshligʻi, «Gidroproyekt» in-tining Oʻrta Osiyo boʻlimi rahbari (1943—50). Oʻzbekiston SSR Suv xoʻjaligi vaziri (1951—56), Oʻzbekiston FA Suv muammolari va gidrotexnika in-ti direktori (1956—63), Oʻrta Osiyo irrigatsiya i. t. in-tida boʻlim mudiri (1964—80), guruh rahbari (1981-y. dan). Alimov ilmiy ishlari suv resurslaridan irrigatsiya va energetika maqsadlarida foydalanish usullarini yaratish va kopleks maqsadlardagi gidroinshootlar parametralarini aniqlashga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x