VODORODSIMON ATOMLAR

VODORODSIMON ATOMLAR — 1) tuzilishi vodorod atomiga oʻxshash,yadro va bitta elektrondan iborat yengil elementlarning ionlari. Bunday atomli elementlar (Ne+, Ve3+ va b.) faqat atom raqamlari bilan bir-biridan farq qiladi. Vodorodsimon atomlar energiyasi sathi va spektri vodorod atomi energiyasi sathi va spektriga oʻxshaydi, lekin energiya masshtabi va oʻtish chastotasi z2-marta (z — elementning atom raqami) ortishi bilan undan ajralib turadi;

2) yangi atomlar deb nomlanadigan beqaror zarrachalar. Ularga birinchi navbatda vodorod atomi yadrosi (proton) dan va manfiy zaryadlangan elementar zarracha (myuon M», P~ mezon, K~ mezon va b.)dan tashkil topgan mezoatomlar, keyin elektron va musbat zaryadlangan elementar zarrachalardan tashkil topgan sistemalar: pozitron, myuon M+, P+ yoki K+ mezon (tegishlicha pozitroniy, myuoniy, pioniy, kaoniy deb nomlanadigan zarrachalar)dan tashkil topgan sistemalar kiradi. Bu sistemalar modda orqali yuqorida keltirilgan elementar zarrachalar oʻtganda hosil boʻlib, kimyoviy reaksiyalarga vodorod atomiga oʻxshash kirishadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x