BAXIYEV

BAXIYEV Amin (1937.15.5, Qorakalpogʻiston Respublikasi, Kegeyli tumani) — geobotanik, ekolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000). Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Biol. fanlari dri (1981), Qoraqalpogʻiston davlat ped. in-tini tugatgan (1961). Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston filiali botanika sektorining mudiri (1972 — 83), filial Prezidiumi raisining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (1984-y. dan), ayni vaqtda geobotanika lab. mudiri, Tabiiy fanlar kompleks instituti direktori (1991-y. dan). B. Amudaryoning quyi qismidagi oʻsimliklar qoplamini oʻrgangan va hamkorliksa geobotanik xaritalar tuzish usullarini ish-lab chiqqan (shu asosda «Amudaryo quyi qismining hozirgi oʻsimliklar qoplami» nomli xarita tuzilgan). Ilmiy faoliyati Orol dengizi atrofidagi oʻsimliklar qoplamini saklab qolish hamda dengizning qurishi b-n bogʻliq muammolarni bartaraf etishga bagʻishlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x