VISKOZA

VISKOZA (lot. viscosus — yopishqoq) , sellyuloza ksantogenati — sellyulozani oʻyuvchi natriy (NaOH) eritmasi va uglerod sulfid bilan ishlab olinadigan modda. Toza Viskoza och sariq, goho qoʻngʻir va toʻq yashil rangda boʻladi. Viskoza eritmasining zichligi 20°da 1120 kg/m3. Tarkibi: 7—10% sellyuloza ksantogenati, 5,7% oʻyuvchi natriy, 82—85% suv. 1 kg tola olish uchun 12 — 14 kg Viskoza eritmasi sarflanadi. Viskoza olish uchun sellyuloza ksantogenati ishqor eritmasiga qoʻshib aralashtirilgach, sovitiladi va filtrlab bir oz vakuumda saqlanadi. Bunda uning tarkibidagi havo pufakchalari chiqib ketadi. Viskozadan olinadigan tolalarning xossasini yaxshilash uchun unga pigmentlar, boʻyoqlar, karbonatlar va b. birikmalar qoʻshiladi. Viskozaga sirt faol moddalar (aminlar, aminofenol va polietilen-oksid)ning qoʻshilishi undan tola hosil boʻlishini osonlashtiradi. Viskozadan sunʼiy ipak, gazlama, plyonka va b. ishlab chiqarishda foydalaniladi (q. Viskoza tolalar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x