VIRIAT

VIRIAT (Viriathus) (? – mil. av. 139) — Ispaniyada Rim imperiyasi istibdodiga qarshi mil. av. 147—139-y. larda koʻtarilgan qoʻzgʻolon rahbari, capkarda, luzitanlar qabilasi choʻponi. Rim pretori Galba tomonidan (oʻzaro tuzilgan sulhga xilof ravishda) qurolsiz luzitanlarni qatl etish va qullikka olish haqidagi farmon qoʻzgʻolonga sabab boʻlgan. 141-y. V. Rimda mustaqil hokim sifatida tan olingan. 139-y. V. ning Rim konsuli Kvint Serviliy Sepionga sotilgan yaqin safdoshlari Viriatni oʻldirishgan. Faqat shundan keyingina Luzitaniya rimliklar tomonidan uzilkesil boʻysundirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x