VISKONTI

VISKONTI (Visconti) Lukino (1906.2.11, Milan – 1976.7.3, Rim) – italyan rejissyori. Qarshilik koʻrsatish qatnashchisi. Neorealizm asoschilaridan. «Yer titramokda» filmi neorealizm choʻqqilaridan biriga aylandi. Eng yaxshi filmlari: «Eng goʻzal», «Rokko va uning aka-ukalari», «Venetsiyadagi oʻlim», «Lyudvig», «Interyerdagi oila portreti», «Begunoh» va b. 1945-y. dan teatr rejissyori sifatida ham ishlagan. Drama va opera teatrlarida spektakllar qoʻygan («Uch opa-singillar», «Vanya togʻa», «Traviata», «Trubadur» va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x