VIRUSOLOGIYA

VIRUSOLOGIYA (viruslar va…logiya) — viruslar haqidagi fan, biol. ning bir tarmogi. Virusologiya tarixi 1892-y. da rus olimi D. I. Ivanovskiyning tamakida mozaika kasalligini vujudga keltiradigan mikroblarni aniqlashidan boshlanadi. 1893-y. da nemis bakteriologlari F. Leffler va P. Frosh qoramollarda oqsil (yashchur) kasalligini, 1901-y. da amerikalik Rid va b. sariq isitmani paydo qiladigan mikroblarni oddiy bakteriologik filtrdan oʻtib ketishini aniqlashdi. «Virus» tushunchasi birinchi marta golland M. Beyerink (1898) va nemis genetigi E. Baur (1904) ishlarida uchraydi. 1911-y. da amerikalik F. T. Rous tovuklarda xavfli oʻsma paydo qiluvchi virusni topadi. Bakteriya viruslari (bakteriofaglar)ning topilishi, vaksina virusini toʻqimalar kulturasida undirish, virus zarralarini kumush bilan boʻyash metodlarining ishlab chiqilishi, tamaki mozaikasi virusini kristall holida ajratib olib, uning oqsil tabiatini, virus tarkibiga nuklein kislota kirishining aniklanishi Virusologiyaning rivojlanishida katta rol oʻynadi. 20-a oʻrtalarida viruslarning tuzilishi elektron mikroskop yordamida va rentgenstruktura analizi metodi b-n tekshirila boshlandi. Virusologiya tekshirish obyektiga koʻra q. x., veterinariya va tibbiyot V. siga boʻlinadi. Virusologiyaning rivojlanishi molekulyar genetika bilan uzviy bogʻliq. 1952-y. virus DNKsi,1956-y. virus RNKsi, 1955-y. virus zarralarining RNK va oqsildan oʻz-oʻzidan toʻplanishi hodisasi aniqlandi,1957-y. viruslar interferensiyasi, DNK-sintezi kashf etildi.

Zamonaviy Virusologiya umumiy va maxsus Virusologiyaga boʻlinadi. Umumiy Virusologiya viruslarning tuzilishi prinsiplari, koʻpayishi, xoʻjayinhujayra oʻrtasidagi munosabatlarning kelib chiqishi, viruslarning tabiatda tarqalishini oʻrganadi. Molekulyar Virusologiya viruslar nuklein kislotalari tuzilishi va funksiyasini, virus genlarining ekspressiyasi mexanizmlarini, organizmning viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklarga chidamligi tabiati va viruslarning molekulyar evolyutsiyasini oʻrganadi. Maxsus Virusologiya odam, hayvon va oʻsimlik viruslari guruhlarini tadqiq qiladi.

Oʻzbekistonda Virusologiya sohasidagi tadqiqotlar 20-a. oʻrtalarida boshlangan. D. X. Vahobov, A. Yu. Abdukarimova, N. K. Tursumetova, M. 3. Isamuhamedov, V. Mirzahmedov va b. ning ishlari gʻalla, gʻoʻza, sabzavot va b. ekinlar viruslarini ajratib olish, virus kasalliklarini aniqlash va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishga bagʻishlangan. Soʻnggi yillarda viruslarni interferon hosil qilish faolligini oshirish (A. Sayitqulov), gepatit virusi shtammlari va oqsillarining struktura hamda funksiyalarini oʻrganish va virusli kasalliklarning zamonaviy tashhisini ishlab chiqish (A. M. Ivanova) borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Oʻsimlik viruslarini oʻrganish sohasidagi i. t. ishlari Oʻzbekistan FA Mikrobiologiya institutipya, OʻzMUning biol., tuproqshunoslik f-tida, tibbiyot Virusologiyasi sohasidagi ishlar Virusologiya instituti va tibbiyot oliy oʻquv yurtlari kafedralarida olib boriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x