ATLAS PILLA

ATLAS PILLA — pachoq pilla turlaridan biri. Atlas pillaning sirti tekis (silliq), qisman botiqroq. Uning dasta qisgan oʻrinlarida botiq yerlari bilinmay qoladi. Shu belgilariga koʻra navlarga boʻlinadi. Sirtidagi buzilgan joylari 5 mm gacha boʻlsa birinchi, 10 mm gacha boʻlsa ikkinchi, 15 mm gacha boʻlganlari esa uchinchi navga kiradi. 15 mm dan ortiq buzilgan joyi boʻlgan pillalar yaroqsiz hisoblanadi. Atlas pillalar bir tekis buglanmaydi, ipagi oz chiqadi, sifati past boʻladi, tortishda ipagi teztez uzilib turadi. Pilla sifatining bu tariqa buzilishi qurtlarga yetarli dasta qoʻyilmaganidan hamda pillaning dasta oraligʻida qisilib oʻralishidan yuzaga keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x