AVRANGZEB

AVRANGZEB, Olamgir (asl ismi Muhyiddin Muhammad) (1618—1707-y. mart, Ahmadobod) — Hindiston podshosi (1658—1707), boburiylar sulolasidan, Shoh Jahonning uchinchi oʻgʻli, Zebunniso begimning otasi. Onasi — Mumtoz Mahal nomi bilan mashhur boʻlgan Arjumand Bonubegim. Avrangzeb inisi Murodbaxsh bilan ittifoq tuzib, Dehlida taxtni egallagan (1658). Avrangzeb podsholik yerlarini qoʻshni xonliklar — Bijapur va Golkonda hisobiga kengaytirdi (1686—87). Lekin soliqlarning koʻpayishi, hindlarning davlat ishlaridan uzoqlashtirilishi, butxonalar mol-mulkining musodara qilinishi, hindlar orasida islomni joriy ettirish jarayoni natijasida mamlakatda gʻalayonlar koʻtarilib turdi (Maxarashtra, Panjob, DehliAgra viloyatlarida). Shivaji (1630—80) boshchiligidagi kurash natijasida Maxarashtra alohida xonlik boʻlib ajraldi (1674). Avrangzebning hukmdorlik davrida Jan. Hindiston bir necha xonliklarga boʻlinib ketdi. Bu esa Hindistonda boburiylar saltanatining yemirilishini boshlab berdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x