VIRGINIYA OROLLARI

VIRGINIYA OROLLARI — VestIndiyadagi (100 ga yaqin) mayda orollar. Buyuk Britaniya (mayd. 153,4 km2, axoliyey 13 ming kishi, 1987; maʼmuriy markazi — RodTaun sh.) va AQSH (mayd. 355 km2, aholisi 104 ming kishi, 1993; maʼmuriy markazi — Sharlotta-Amaliya sh.) mulki. Aholisi negr va mulatlar. V. o. neogen davri ohaktoshlaridan tuzilgan, relyefi tekislik. V. o. da togʻ hosil boʻlish jarayoni davom etmoqda. Eng baland joyi 543 m. Iqlimi issiq va nam tropik iqlim. Yillik yogʻin 1200 mm. Tez-tez boʻron boʻlib turadi. Doim yashil oʻrmonlar bor. Aholi shakarqamish oʻstirish, sabzavotchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Neftni qayta ishlovchi, alyuminiy, soat, rom, shakarqand i. ch. korxonalari bor. Chetga shakarqand, rom, sitrus mevalari va chorva mollari chikariladi. Turizm rivojlangan. Virginiya orollarini 1493-y. da X. Kolumb kashf etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x