ATAKAMA

ATAKAMA — Jan. Amerikadagi choʻl, Chilining shim. da. Tinch okean sohili boʻylab, 22—27° j. k. orasida, taxm. 1000 km ga choʻzilgan. Dengiz sathidan 500 m dan 2000—3200 m gacha balandlikda joylashgan. Dunyodagi eng qurgʻoqchil joylardan biri. Ikltshi tropik passatli iqlim. Peru oqimi taʼsiri sababli nisbatan sovuq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi dengiz boʻyida 19—20°, iyulniki 13 — 15°. Boʻylama vodiyda esa, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 22—23° va iyulniki 11—12°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 50 mm (10—12 yillab yogʻin tushmagan vaqnlar ham boʻladi). Loa daryosi kesib oʻtadi. Oʻsimlik kam (kaktus, mimozalar), shoʻrxoklar koʻp. Mis va selitra konlari bor. Hayvon turlari kam. Tulki, qalqondorlar, toshbaqalar uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x