BELGLAR

BELGLAR — 1) Sena va Reyn daryolari oraligʻida yashagan shim. sharqiy gall qabilalari. Rimliklarga dastlab Yuliy Sezar yurishlari munosabati b-n maʼlum boʻlgan. Qadimda jasur xalq sanalgan (Strabonning xabar berishicha, 300000 kishilik qoʻshin tuza olganlar); rimliklarga qattiq qarshilik koʻrsatganlar; mil. av. 57 — 46 y. larda Sezar legionlari tomonidan boʻysundirilgan. Belglarning mashhur qabilalari: remlar, nervilar, bellovaklar, svessonlar, ambianlar, morinlar, menapiyalar, kaletlar, veliokasslar, viromanduylar, aduatuklar, eburonlar, treverlar, atrebatlar, toksandralar, sekvonlar. Avgust davrida (mil. av. 16y.) Belgika provinsiyasi barpo etilgan. Gumanistlar tomonidan 16-a. da qayta istilohga kiritilgan Belgika atamasidan Belgiya nomi kelib chiqqan;

2) qadimda Yevropaning qita qismidan Jan. Angliyaga koʻchib oʻtgan kelt qabilalari.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x