VIDIKON

VIDIKON (video…va yun. likon — tasvir) — fotooʻtkazuvchi nishonli uzatuvchi televizion trubka; telekameraning asosiy elementi. Ichki fotoeffekt yordamida obyektning optik tasvirini elektr signaliga aylantiradi. Vidikon tarqatuvchi va sanoat televideniyesi tizimida uzatuvchi trubkaning asosiy turi.

Vidikonning asosiy elementi nishon; u shaffof oʻtkazgich taglikka oʻtkazilgan yupqa qatlamli yarimoʻtkazgichli fotoqarshiliklar majmuidan iborat. Dastlabki Vidikon larning nishoni SbS3 dan tay-yorlangan. Studiyadagi uzatishlar uchun nishoni yorugʻlikka nisbatan yuqori sezgirlikka va kichik inersiyaga ega boʻlgan RYO dan yasalgan Vidikon (plyumbikon, ledikon) koʻp qoʻllaniladi. Selenid kadmiyniig (xalnikon yoki kadmi-kon), Se—As—Te ning (satikon), ZnS — Cd— Te ning (nyuvikon) geterooʻtishlariga asoslangan nishonlar kichik qorongʻilik tokiga (yorugʻlik tushmaganda) ega. Bunday Vidikon studiyadan tashqarida rangli reportaj kameralari uchun qoʻllaniladi.

Rangli tasvirlarni uzatish uchun yoki mos rangli filtrlar bilan 3 ta Vidikon, yoki nishoni yorugʻlik filtrlarining davriy tuzilishiga ega boʻlgan, 3 asosiy rangli tasvir (koʻk, qizil, yashil)ni qoʻshuvchi va ajratuvchi maxsus konstruksiyali bitta Vidikon ishlatiladi. Nishoni rentgen nurlanishiga sezgir boʻlgan amorf Se dan yasalgan Vidikon rentgen televizion defektoskopiyada ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x