BOʻYAMA NAQSH

BOʻYAMA NAQSH — naqshning keng tarqalgan turi; naqshlar qogʻoz, karton, ganch, yogʻoch va b. sathga tush va turli boʻyoqlar bilan chizib, boʻyab ishlanadi, ustidan lok surtiladi. Oʻzbekiston hududida qadimdan rivoj topgan. Yogʻoch buyumlar, mehnat kurollarining qismlari, meʼmoriy qismlar turli ranglarda boʻyab bezatilgan. Naqshlanadigan joy oʻrni va shakliga qarab Boʻyama naqshning koʻplab tur va xillari paydo boʻlgan. Anʼanaviy oʻzbek naqqoshligida amaliy sanʼatning boshqa sohalarida boʻlgani kabi girih va islimiy naqshlar qoʻllanilib, ularda koʻk (lojuvard), zangori, yashil, sariq, qizil, oq, qora ranglardan keng foydalaniladi. Boʻyama naqsh mujassamotlari yangi mavzu, turli xil naqshlar bilan boyitilib, tasvirli mujassamotlar bilan uygʻunlashtirilmoqda.

Ad.: Qosimov Q., Naqqoshlik, T., 1982.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x